Assalom Estate
2024-2025Korporativ veb-sayt
Assalom Estate — ko‘chmas mulkni izlash jarayonini sodda, qulay va ishonchli tajribaga aylantirgan raqamli yechim.
2026-yil uchun buyurtmalar ochiq
Web-saytlar, interfeys dizayni va brend identikasi — gʻoyadan ishga tushirilgan mahsulotgacha.
Har bir loyiha ortida aniq vazifa turadi. Quyida — natijaga olib kelgan yechimlar.
Korporativ veb-sayt
Assalom Estate — ko‘chmas mulkni izlash jarayonini sodda, qulay va ishonchli tajribaga aylantirgan raqamli yechim.
Korporativ veb-sayt
Golden Lake — premiumlik va zamonaviylikni birlashtirgan raqamli tajriba
Web Design / Confectionery Manufacturing
Mahsulot katalogi, ishlab chiqarish salohiyati va brend tarixini yagona raqamli muhitga jamlab, DEYA uchun ishonchli va zamonaviy korporativ web tajriba yaratdik.
Korporativ veb-sayt
Ushbu loyiha logistika kompaniyasining xizmatlarini shunchaki namoyish etish emas, balki uning operatsion salohiyati va ishonchliligini raqamli muhitda his qildirish maqsadida ishlab chiqildi.
Mobil ilova UI
Fitnes ilovasi uchun mashgʻulot ekranlari va progress tizimi. Qorongʻu interfeys zalda ham, uyda ham qulay oʻqiladi.
Real Estate / Web Design
ФЛЭТ — tijorat ko‘chmas mulkini izlash va boshqarish uchun zamonaviy web platforma
Logo Design / Brand Identity
Logotipda sodda shakllar, aniq tipografika va kuchli vizual balans orqali zamonaviy hamda esda qolarli brend qiyofasi yaratildi.
Logo Design / Brand Identity
Logotipda soddalik, aniqlik va zamonaviylik uyg‘unlashtirilib, brendni bir qarashda tanib olish mumkin bo‘lgan kuchli va esda qolarli vizual obraz yaratildi.
Product Design / Mobile App
Ta’lim jarayonini sodda, tushunarli va interaktiv tajribaga aylantiruvchi mobil platforma. Kontent, kurslar va foydalanuvchi yo‘lini yagona intuitiv interfeysga birlashtirdik.
Product Design / Mobile App
Xizmatlarni izlash, solishtirish va bron qilish jarayonini yagona, sodda va intuitiv interfeysga birlashtirdik.
Toʻrtta yoʻnalish. Odatda ular bitta loyihada birlashadi — chunki brend, interfeys va kod bir-biridan ajralmaydi.
Landing page, korporativ sayt va internet-doʻkon. Har bir ekran uchun toʻliq dizayn tizimi — va mobil versiya bilan.
Foydalanuvchi yoʻlini tadqiq qilishdan interaktiv prototipgacha. Qaerda odam adashadi — shu joyni topamiz va tuzatamiz.
Logotip, rang palitrasi, tipografiya va brendbuk. Brend har bir kanalda bir xil tanilishi uchun aniq qoidalar.
Dizaynni piksel aniqligida jonlantirish: semantik HTML, toza CSS va GSAP animatsiyalar. Tez, SEO uchun tayyor va oʻzingiz boshqara oladigan sayt.
Men Baxodir Ibaydullayev. UI/UX va raqamli mahsulotlar dizayni bilan shug‘ullanaman. 2 yildan ortiq vaqt davomida turli bizneslar uchun nafaqat chiroyli, balki ishlaydigan va foyda keltiradigan raqamli mahsulotlar yaratib kelmoqdaman.
G‘oyadan ishga tushirilgan mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni tizimli boshqaraman — tadqiqot, UX, struktura, prototip va vizual dizaynni yagona yechimga birlashtiraman.
Maqsadim shunchaki yaxshi ko‘rinadigan interfeys yaratish emas. Men tushunarli, funksional va brendni kuchaytiradigan raqamli tajriba yarataman.
Toʻrt bosqich. Har birining oxirida siz aniq natijani koʻrasiz va keyingi qadamni tasdiqlaysiz.
Biznes maqsadi, auditoriya va raqobatchilar. Brif toʻldiriladi, muvaffaqiyat mezonlari yozib olinadi.
Sahifa skeleti, matn iyerarxiyasi va foydalanuvchi yoʻli. Bu bosqichda dizayn hali yoʻq — faqat mantiq.
Vizual konsepsiya, keyin barcha ekranlar va holatlar. Figma'da jonli prototip bilan yakunlanadi.
Kod, animatsiya, SEO sozlamalari va tezlik testi. Yakunda — boshqaruv paneli va qisqa oʻquv.
Biz shunchaki sayt buyurtma qilgandik — natijada butun brendimizga yangicha qarash oldik. Birinchi oyda murojaatlar ikki barobar oshdi.
Har bir qaror izohlangan. «Menga shunday yoqadi» degan gap bironta ham uchramadi — faqat mantiq va raqamlar.
Ishga tushirilgandan keyin ham aloqa uzilmadi. Panel orqali kontentni oʻzim boshqaraman — dasturchiga murojaat qilishga hojat yoʻq.
Qisqacha yozing: qanday biznes, qanday vazifa va qanday muddat. 24 soat ichida javob beraman va bepul qoʻngʻiroq taklif qilaman.